Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Beyl vitse-prezident bo‘lish uchun qo‘shimcha 30 kilogramm vazn to‘pladi (video+foto)

Beyl vitse-prezident bo‘lish uchun qo‘shimcha 30 kilogramm vazn to‘pladi (video+foto)

Skrinshot

Taniqli aktyor Kristian Beyl tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. AQSh vitse-prezidenti Dik Cheyni rolini o‘ynash uchun unga qo‘shimcha 30 kilogramm vazn kerak bo‘ldi.

Beyl uchun bu qiyin bo‘ldi desangiz, qattiq adashasiz, u o‘rganib ketgan. Keling, uning filmografiyasiga ko‘z yugurtiramiz.

2002-yil. Beylning vazni — 84 kg. «Olov hukmida» filmi»
2004-yil. Beylning vazni — 55 kg. «Mashinist» filmi»

«Kunlik ratsionim bir qultum qahva va bir bo‘lak olmadan iborat edi», — deya eslaydi Kristian Beyl o‘sha davrni.

2005 yil. Beylning vazni — 86 kg. «Betmen: Boshlanish» filmi»
2006-yil. Beylning vazni — 61 kg. «Najot tongi» filmi»

Harbiy asir rolini o‘ynash uchun bu safar nafaqat Kristian Beyl, shuningdek aktyorlar Jeremi Deyvis va Stiv Zannlar ham ozishlariga to‘g‘ri keldi. Aktyorlarga dalda bo‘lish uchun film rejissyori Verner Hersog ham parhezga o‘tgandi o‘shanda.

2008-yil. Beylning vazni — 86 kg. Navbatdagi Betmen roli — «Qora ritsar» filmi

Vetnamda yo‘qotilgan 25 kilogramm yana joyiga qaytdi.

2010-yil. Beylning vazni — 66 kg. «Jangchi» filmi

Bu safar Kristian shunchaki ovqatni kamaytirgani yo‘q, u jismoniy mashqlarga zo‘r berdi. «Jinnidek soatlab tinmay yugurardim, ammo o‘zimni juda yaxshi his etardim», — deydi aktyor.

«Jangchi» filmidagi ikkinchi plandagi roli uchun ilk «Oskar»ni qo‘lga kiritgan Beyl yana «betmeniada»ga tayyorlana boshladi va kuniga 6000 kaloriya qabul qilishga va mashqlarga zo‘r berishga o‘tdi.

Kichik Beylning (o‘ngda) ilk katta roli — «Mio, bolaginam Mio» filmi (1987-yil)

Xullas, faqat mehnat bilan, mehnatni qadrlaydiganlar bilan Beyl shu darajaga erishdi. Ozish yoki semirishga qiynalayotgan insonlar shu aktyorning faoliyati bilan yaxshilab tanishib ko‘rishsa foydadan xoli bo‘lmaydi. «Hollivud filmlari nima uchun zo‘r» degan savolga esa allaqachon javobni berib bo‘ldik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring