Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lasetti» ag‘darilib ketishi oqibatida ona-bola halok bo‘ldi

«Lasetti» ag‘darilib ketishi oqibatida ona-bola halok bo‘ldi

Illyustrativ surat

Foto: «izhlife.ru»

Bugun, 1-sentabr kuni Samarqand tumanida yashovchi I.U. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinani “Samarqand xalqa aylana” yo‘lining 4-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmagani tufayli yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Natijada haydovchining turmush o‘rtog‘i G.N. va 19 yoshli qizi G.U. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring