Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Lasetti»ni olib qochgan shaxs ushlandi

«Lasetti»ni olib qochgan shaxs ushlandi

Foto: «Avtorevyu»

2019-yil 20-yanvar kuni noma’lum shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumani Bunyodkor ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan O‘.A.ga tegishli «Lasetti» rusumli avtomashinani haydab qochgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Amudaryo tumani Uchqun ko‘chasida yashovchi Sh.D. mast holda sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Avtomashina Barkamol avlod ko‘chasidan ariqqa tushib ketgan holda topilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring