Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Litvada fan-texnika ayollar qo‘lida (reyting)

Litvada fan-texnika ayollar qo‘lida (reyting)

Foto: poznan.pl

Litva ayol muhandislar va olimlar salmog‘iga ko‘ra Yevropa Ittifoqi yetakchisiga aylandi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.

Yevrostat ma’lumotiga ko‘ra, Boltiqbo‘yi respublikasida qariyb 100 ming nafar muhandis va olimlar bor, shundan 57 ming nafari — xotin-qizlar.

Xuddi shu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Latviya va Bolgariyaga tegishli. Portugaliya va Daniya ham ilg‘or beshlikda.

Finlyandiya, Lyuksemburg va Vengriyada ilmiy faoliyat bilan band insonlarning salkam uchdan bir qismi ayollar. Bu YeIdagi eng past ko‘rsatkichlar.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 2017-yili 18 million nafar olim va muhandislar faoliyat olib borayotgani aniqlangan edi. O‘shanda hayotini fan va texnikaga bag‘ishlaganlar orasida erkaklar va ayollar nisbati 59 foizga 41 foizni tashkil etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring