Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Liviyada Xalifa Xaftarning shtabi portlatildi

Liviyada Xalifa Xaftarning shtabi portlatildi

Foto: «Reuters»

Liviya milliy armiyasi feldmarshali Xalifa Xaftarning shtabida ikki marta portlash bo‘ldi. Xabarda aytilishicha, Derna shahridagi shtab yaqinida ikkita avtomobil portlatilgan.

Portlash natijasida 18 harbiy yaralangan. Eslatib o‘tamiz, Xaftar 4 aprelda Liviya portaxti Tripoliga yurish boshlagan edi. Shundan buyon mamlakatda harbiy harakatlar davom etib kelmoqda.

Xaftar may oyi oxirida Parijga qilgan safari davomida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi iltimosini rad etgan edi. Liviyada 2011 yilda fuqarolar urushi boshlanib ketgan va 1969 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan Muammar Kaddafi o‘ldirilgandi.

Shundan buyon mamlakatda qo‘sh hokimchilik davom etib kelmoqda. Liviya sharqidagi Tobruk shahrida parlament joylashgan va g‘arbda, Tripolida milliy kelishuv hukumati davlatni boshqarishga urinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring