Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko: «Dunyo xavfli bo‘lib qoldi»

Lukashenko: «Dunyo xavfli bo‘lib qoldi»

Aleksandr Lukashenko.

Foto: «RIA Novosti»

«O‘tgan yili dunyoda bitta ham qurolli mojaro bartaraf etilmadi, bundan tashqari, keskinlik o‘sishda davom etmoqda», — dedi Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.

«Dunyo nafaqat xavfli bo‘lib qoldi, balki hozirgi kunda to‘qnashuvlarning geografiyasi va ko‘lami kengayishini kuzatishimizga to‘g‘ri kelmoqda, bu esa keskinlikning muntazam oshib borishiga olib keladi», — dedi Belarus rahbari respublika Xavfsizlik kengashining majlisida.

«Anchadan buyon yangi yilni bunday tahlikali vaziyatda kutib olmagan edik», — deya Lukashenkoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Sputnik».

«Davlatlar va bloklarning siyosiy qarama-qarshiligi milliy strategiyalarda qonuniylashtirildi. Uzoq vaqt davomida biz buni ochiqdan-ochiq eshitmagan edik», — dedi prezident. Lukashenkoning aytishicha, bunday tarang vaziyat o‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlangan va u hamon davom etib kelmoqda.

«Biz ayrim mamlakatlarning yadro qurollarini ro‘kach qilishi, Sharqiy Yevropa mintaqasining harbiylashishi va qo‘shni davlatlarning harbiy salohiyatini misli ko‘rilmagan darajada kengaytirishidan tashvishdamiz. Bu ularning qurolli kuchlari sonining va mudofaa xarajatlarining ko‘payishini ham o‘z ichiga oladi», — dedi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh mudofaa xarajatlari va yadro qurollarini takomillashtirish uchun kongressdan 716 milliard dollar talab qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring