Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi tuzildi

Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi tuzildi

Foto: «Asakabank.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Badiiy ekspertlar kengashi idoraviy mansubligidan qat’i nazar, davlat muzeylarining fondlarini yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy san’at asarlari bilan muntazam boyitib borish ishlarini amalga oshiruvchi va asarlar bahosini ularning ijodiy va moddiy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilovchi kollegial maslahat organi hisoblanadi.

Kengash tarkibiga yetakchi san’atshunoslar va rassomlar, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari, dekorativ-amaliy san’at ustalari, arxeolog, numizmat, manbashunos olimlar, mutasaddi rahbarlar, muzey muhofizlari va ko‘rgazma bo‘limlarining mutaxassislari, shuningdek, madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim va fan muassasalarining xodimlari kiritilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring