Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Magnitogorsk fojiasi. Qurbonlar soni 37 nafarga yetdi, yana to‘rt fuqaroning taqdiri noma’lum

Magnitogorsk fojiasi. Qurbonlar soni 37 nafarga yetdi, yana to‘rt fuqaroning taqdiri noma’lum

Foto: «RIA Novosti»

Magnitogorskdagi ko‘p qavatli uyning bitta pod’yezdi qulab tushishi oqibatida qurbonlar soni 37 nafarga yetdi. Ularning to‘rt nafari yosh bolalardir, deya xabar bermoqda «RIA Novosti».

Shuningdek, vayronalar ostida yana to‘rt kishining jasadi borligi taxmin qilinmoqda, ular orasida voyaga yetmagan bolalar yo‘qligi aytilayotir. Hozircha 22 ta jasadning shaxsi aniqlandi, jumladan, uch nafar yosh bolaning ham.

Mahalliy hokimiyat hodisadan jabr ko‘rganlarga 1 million rubldan tovon puli berilishini bildirgan edi. Bundan tashqari, rossiyalik bir guruh faollarning jabrdiylarni qo‘llab-quvvatlash uchun aksiya o‘tkazishi natijasida yetti million rubl to‘plangani ham ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring