Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MakGregor o‘zbek tilida gapirdi. Xakaton ochilishidan reportaj

MakGregor o‘zbek tilida gapirdi. Xakaton ochilishidan reportaj

Toshkentda «Open Data Challenge 2018» (Xakaton) tanlovi o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik. 2018-yilning 30-noyabr kuni tanlovning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlar g‘oyasini yanada ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan bu tadbirni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini strategik rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Bobur Abdullayev ochib berdi.

Marosimga tashrif buyurgan martabali mehmonlardan biri — Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining loyihalar koordinatori Jon MakGregorning o‘zbek va ingliz tilida nutq so‘zladi. «Hech narsa millat kelajagidan-da muhimroq bo‘la olmaydi. Bugungi tanlov O‘zbekiston kelajagiga katta hissa qo‘shadi», — dedi MakGregor o‘zbek tilida.

Shuningdek ochilish marosimida BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Farid Karaxanov va Toshkentdagi Inha universitetining birinchi prorektori Vo Sug Cho ham so‘zga chiqib, Xakaton ishtirokchilariga omad tilashdi.

«Elektron hukumat» markazi direktorining birinchi o‘rinbosari D.Otajonov «Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi ochiq ma’lumotlarning o‘rni va uning O‘zbekistondagi holati» mavzusida taqdimot o‘tkazdi. 

Bundan tashqari, tadbirda taniqli mutaxassislar tomonidan yana bir nechta taqdimotlar o‘tkazilib, ular o‘z bilim va tajribalarini yoshlar bilan o‘rtoqlashishdi.

Tadbir davomida berilgan qiziqarli va foydali ma’lumotlar asosida savol-javoblar o‘tkazilib, faol va bilimdonlarga maxsus sovg‘alar topshirildi. 

«Biz tanlovda g‘olib bo‘lamizmi yoki yo‘qmi — bilmaymiz, lekin o‘zimizni sinab ko‘rmoqchimiz. Xakatonda olgan bilim va tajribalarimizni kelajakda amaliyotda albatta qo‘llaymiz», — dedi tanlovning 12 yoshli ishtirokchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7 «A» sinf o‘quvchisi Mahamatrasuljonov Muhammadyusuf.

Ochilish marosimidan so‘ng ishtirokchilar uchun umumiy yig‘ilish o‘tkazilib, unda o‘tgan yillardagi tanlov g‘oliblari, trenerlar o‘z tajribalaridan kelib chiqqan holda taqdimotlar o‘tkazishdi.

Estatib o‘tamiz, «Open Data Challenge 2018» Xakatoni g‘oliblari 7-dekabr kuni taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring