Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makkeynni Ukraina qahramoni deb atashdi

Makkeynni Ukraina qahramoni deb atashdi

Foto: «Lenta.ru»

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko amerikalik senator Jon Makkeyn bilan vidolashuv marosimida uni Ukraina qahramoni deb atadi, deb xabar bermoqda «Lenta.ru».

«Biz barchamiz uni Maydonda inqilob paytida, 26 daraja sovuqda ustki kiyimsiz chiqib yuzlab kishilarga kerakli so‘zlar bilan murojaat qilganida eslab qolganmiz... Siz Amerikaning chin qahramonisiz va yana Ukrainaning ham chin qahramonisiz. Rahmat sizga», - degan Poroshenko.

Eslatib o‘tamiz, AQShlik mashhur siyosatchi, respublikachi Jon Makkeyn 25 avgust kuni 81 yoshida miya saratoni tufayli vafot etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring