Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Makron benzin narxi oshishiga qarshi namoyish qilganlarni jazolashga va’da berdi

Makron benzin narxi oshishiga qarshi namoyish qilganlarni jazolashga va’da berdi

Foto:«Voyennoye obozreniye»

Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron benzin narxining oshishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazayotganlarni jazolashga va’da berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tartibbuzarlarning shaxsi aniqlanadi va ular sud oldida qilmishlari uchun javob beradilar. Bu haqda «AiF» xabar berdi.

Makron, shuningdek bu chiqishlar tinch namoyishlardan mutlaqo farq qilishini ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada benzin narxining ko‘tarilishi tufayli «sariq jiletlilar» mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlarini o‘tkazmoqda. Avvalroq, namoyishlarda 100 dan ziyod kishi qo‘lga olingani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring