Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maoshi eng tez o‘sayotgan kasb egalari ma’lum qilindi

Maoshi eng tez o‘sayotgan kasb egalari ma’lum qilindi

Kollaj: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda IT-sohasi xodimining o‘rtacha maoshi ish haqiga qo‘shimcha to‘lovlar, mukofotlar, rag‘batlantirish mazmunidagi to‘lovlar, badal pullari va ishlab berilmagan vaqt uchun to‘lov hamda jismoniy shaxslardan ushlanadigan daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urtalash va kasaba uyushmasi jamg‘armasiga o‘tkazmalarni qo‘shgan holda, 400 AQSh dollarini tashkil qiladi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

2018-yil yanvar-dekabr oylarida 2017-yilning mos davriga nisbatan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining yuqori o‘sish sur’ati axborot va aloqa sohasida – 33,8 foiz qayd etilib, (3347,5 ming so‘m)ni tashkil etdi.

2018-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi (ish haqiga qo‘shimcha to‘lovlar, mukofotlar, rag‘batlantirish mazmunidagi to‘lovlar, badal pullari va ishlab berilmagan vaqt uchun to‘lov hamda jismoniy shaxslardan ushlanadigan daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urtalash va kasaba uyushmasi jamg‘armasiga o‘tkazmalarni qo‘shgan holda) 1 822,2 ming so‘mni tashkil etdi va 2017-yilning mos davriga nisbatan 25,0 foizga o‘sdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring