Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maqsadlar ssenariysi

Maqsadlar ssenariysi

Foto: «Ocshop»

Yilni ulkan maqsadlar bilan boshlaymiz, biroq yanvarning oxiriga borib, rejadan qolib ketayotganimizni tushunib qolamiz. Yaxshi emas, ammo qo‘l siltab qo‘yamiz — axir, oldinda naq 11 oy turibdi. Mart oxiriga borib qarasak — hamon oqsayapmiz, biroq oldinda vaqt «juda mo‘lligi»dan xotirjam tortamiz. Shunday fikr, ko‘nikmalar bilan yilni qaritamiz. Hali natijalarni keskin yaxshilaymiz, deb o‘zimizni ishontiramiz. Masalan, sentyabrning oxirida yoki oktyabrda mo‘’jiza yuz berib qolar...

Haqiqat shundaki, har bir hafta, har bir kun, har bir daqiqa muhim! Chorak yoki oyda bir marta emas, har hafta va har kuni mehnat qilish kerakligini anglab yetish va aksincha, bir yillik rejalar tuzishni bas qilish kerak. Yillik o‘lchamlarda fikrlamang, diqqatingizni qisqa vaqt oraliqlariga jamlang.

Yillik reja oddiy bir haqiqatni: reallik bu ayni paytda sodir bo‘layotgan narsalar ekanini tushunishga imkon bermaydi. Biz shu yerda, hozir yashaymiz va muvaffaqiyatga erishamiz! «Yillik tafakkur» eng muhim ishlarni hech og‘rinishlarsiz «keyinga» surib qo‘yaverishga odatlantiradi.

Brayan Moranning «Bir yilda 12 hafta» kitobidan

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring