Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Marg‘ilonda yuk mashinasi dahshatli avariya yuzaga keltirdi

Marg‘ilonda yuk mashinasi dahshatli avariya yuzaga keltirdi

14-may kuni soat 00:30da Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida 1997-yilda tug‘ilgan haydovchi «MAN» yuk avtomobilini boshqarib ketayotganida boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan.

Oqibatda yuk avtomobili yo‘l chetida to‘xtab turgan «Gentra», «Lacetti» va «Cobalt» avtomobillariga borib urilgan.

Natijada «Gentra» hamda «MAN» avtomobillari haydovchilari tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan «Gentra» haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring