Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilondagi mehribonlik uyida sodir etilgan dahshatli jinoyat yuzasidan yigirmaga yaqin jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi

Marg‘ilondagi mehribonlik uyida sodir etilgan dahshatli jinoyat yuzasidan yigirmaga yaqin jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudida Marg‘ilon shahridagi 1-mehribonlik uyining sobiq direktori K.Yakubov, bosh hisobchi A.Muydinova va hisobchi A.Saidkamolova, direktor o‘rinbosari S.Usmonov, feldsher I.Yo‘ldashev, tarbiyachi X.Yakubova, R.Abdufattoyev va N.Soliyeva, enagalar D.Djurabayeva va X.To‘rayevga nisbatan jinoyat ishi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilmoqda.


Mavzuga doir: «Marg‘ilondagi mehribonlik uyi: xo‘rlangan bolalar, xo‘rlangan qizlar...»


O‘zA xabariga ko‘ra, sud kecha o‘z ishini davom ettirib, sudya R.Arapov raisligida guvohlarlarning ko‘rsatmalari tinglanmoqda. Bundan oldin esa direktor o‘rinbosari S. Usmonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasining 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish), feldsher I. Yo‘ldashevga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) yopiq sud majlisida ko‘rildi. Shuningdek, jinoyat ishi bo‘yicha yigirmaga yaqin jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari eshitildi.


Mavzuga doir: «Marg‘ilondagi mudhish jinoyatlar yuzasidan 10 kishi sud qilinmoqda»


Mazkur jinoyat ishida sudlanuvchilar voyaga yetmagan shaxsni tarbiya muassasasida jinoyatga jalb qilish, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, voyaga yetmagan ojiz ahvoldagi shaxsni qiynash, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish, shuningdek, ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.


Mavzuga doir: Marg‘ilondagi dahshat. «Bolalar uyi bo‘yicha sud qanday bosqichda?»


Sudlanuvchilar K.Yakubov, S.Usmonov, I.Yo‘ldashev va R.Abdufattoyevlarga nisbatan qamoq, X.Yakubova, N.Soliyeva, D.Djurabayeva va X.To‘rayevlarga nisbatan uy qamog‘i, A.Mo‘ydinov va A.Saikamolovalarga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring