Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Marhum Diana Yenikeyevaning oilasiga tovon pullari tayinlandi

Marhum Diana Yenikeyevaning oilasiga tovon pullari tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-sonli maktabning mehnat to‘garagi o‘qituvchisi Diana Yenikeyevaning vafoti Maxsus tekshirish komissiyasi xulosasiga binoan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa deb topildi va tegishli tartibda N-1 shaklidagi dalolatnoma tuzildi.

Maxsus tekshirish komissiyasi faoliyatida kasaba uyushmalari vakili ham ishtirok etdi va voqealar rivoji O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining doimiy nazoratida bo‘lib turdi.

Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra, Diananing yaqinlariga quyidagi to‘lovlar to‘lanishi belgilandi:

— «Agrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasining Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan marhum Diana Yenikeyevaning oilasiga bir marta to‘lanadigan 44 mln 697 ming 096 so‘m bir yo‘la nafaqa miqdori belgilangan. Bunda Diananing olti yillik o‘rtacha ish haqi hisobga olingan.

— shuningdek, boquvchisini yo‘qotganlik tufayli Diananing farzandiga oyma-oy 206 ming 931 so‘m miqdorida nafaqa to‘lash belgilandi. Ushbu nafaqa farzandi toki 16 yoshga to‘lgunga qadar, ya’ni 2018 yil mart oyidan 2032-yil 4-fevralga qadar to‘lab boriladi.

— bundan tashqari, 2019-yil 4-fevralga qadar, ya’ni Diananing farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar jami 2 mln. 211 ming 634 so‘mlik to‘lov ham tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan 23 yoshli maktab o‘qituvchisi Diana Yenikeyevaning oilasiga tovon puli to‘lanishi kerakligi haqida avval yozgan edik.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring