Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur aktrisa Yayra Abdullayeva olamdan o‘tdi

Mashhur aktrisa Yayra Abdullayeva olamdan o‘tdi

Foto:«Kinotear.ru»

O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Yayra Abdullayeva olamdan o‘tdi. U bu yil 89 yoshni qarshilagan edi. 

Yayra Abdullayeva 1930-yilda Toshkentda dunyoga kelgan. Ilk bor «Boy ila xizmatchi» kartinasida suratga tushgan. 1964-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni, 2011-yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston milliy akademik teatrida faoliyat yuritgan. 

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali marhumaning yaqinlariga ta’ziya izhor etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring