Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ichki ishlar xodimi YPX inspektori umriga zomin bo‘ldi

Ichki ishlar xodimi YPX inspektori umriga zomin bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

Joriy yilning 10-noyabr kuni soat 24:00 larda Termiz shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQG tezkor vakili J.M. xizmat yuzasidan biriktirilgan xizmat avtomashinasini mast holda boshqarib kelib, shaharning «Bog‘ishamol» mahallasi A.Navoiy ko‘chasida xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyat IIB YHXB YPH katta inspektori P.Ch.ni urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

P.Ch. olgan tan jarohatlari natijasida 19-noyabr kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining 19-noyabrdagi 207-sonli dastlabki xulosasiga ko‘ra, P.Ch.ning o‘limiga bosh miya yopiq jarohati, kuplab suyak sinishi jarohatlari, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan 19-noyabrda Termiz shahar prokuraturasi tomonidan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring