Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Matbuotchilar uyi» auksioni to‘xtatildi

«Matbuotchilar uyi» auksioni to‘xtatildi

Foto: «Spot.uz»

Mirobod tumani majburiy ijro byurosi tomonidan «Gazeta korpusi» nomini olgan Toshkent markazidagi yetti qavatlik bino boshlang‘ich bahosi 18 mlrd so‘m bilan auksionga qo‘yilgani haqida shu yilning 20-aprel kuni xabar bergan edik. Xabarda umumiy maydoni — 9,8 ming kv. metrdan iborat binoning savdosiga buyurtmalar 2 maygacha qabul qilinishi, auksion esa 4-may kuni bo‘lib o‘tishi aytilgan edi.

Shundan so‘ng «Xabar.uz»da 27-aprel kuni jurnalist Toshtemir Murodning «Bino cotilmoqda. Tahririyat jurnalistlari endi ko‘chada qoladimi?», 4-may kuni publitsist Shuhrat Salomovning «Jurnalistlarning uyini tortib olishmoqchimi?», 5-may kuni esa O‘zAning saytida «Qarzga botirgan boshqalar, «uysiz» qolayotgan jurnalistlar» nomli maqolalar e’lon qilingan edi.

Xususan, jurnalist Anora Sodiqova o‘z maqolasida muammoni atroflicha o‘rganib, Toshkent shahar hokimligi «Toshbozorsavdo» uyushmasi uchun olingan kredit uchun garov ta’minoti sifatida «Matbuotchilar uyi» qo‘yilganini va oqibatda kredit puli qoplanmay jurnalistlar «uysiz» qolayotgani bayon etgan edi.

O‘zAning xabar berishicha, matbuotdagi chiqishlar mutasaddilarni befarq qoldirmagan. Bugun, 6-may kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Milliy axborot agentligiga kimoshdi savdosiga qo‘yilgan «Matbuotchilar uyi» savdosi to‘xtalganini shaxsan ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring