Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Maxsustrans» chiqindilarni olib chiqib ketish uchun narxlarni oshirdi

«Maxsustrans» chiqindilarni olib chiqib ketish uchun narxlarni oshirdi

Foto: «Kommersant»

«Maxsustrans» davlat ishlab chiqarish boshqarmasi 2018-yilning 1-aprelidan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha tariflar oshirilganini ma’lum qildi. Bu haqda «Xalq so‘zi online» nashri xabar berdi.

Mazkur tarif qiymati xonadonda istiqomat qiluvchi har bir kishi, ya’ni jismoniy shaxs uchun 3900 so‘m deb belgilandi. Ilgari bu miqdor 3500 so‘m edi.

Budjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun bu boradagi tarif har bir kub metr qattiq maishiy chiqindi uchun 46788 so‘m 30 tiyin etib belgilandi. Bungacha uning narxi 41,9 ming so‘m edi.

Axlatlarni tashib ketish tarifi esa 17484 so‘m 22 tiyinga qadar oshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring