Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada pirotexnika zavodidagi portlashda 24 kishi halok bo‘ldi

Meksikada pirotexnika zavodidagi portlashda 24 kishi halok bo‘ldi

Foto:«Reuters»

Meksikadagi pirotexnika zavodida sodir bo‘lgan portlashda 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Aif.ru»  xabar bermoqda.

Mazkur hodisa Tultepek tumanidagi mushak ishlab chiqariladigan zavodlardan birida sodir bo‘lgan.

Hukumat xabariga ko‘ra qurbonlar orasida voyaga yetmagan shaxs ham bor. Shuningdek, dastlabki portlashlardan keyin yordamga yetib kelgan bir necha politsiyachi va o‘t o‘chirish xizmati xodimi ham halok bo‘lgan. 49 kishi jarohatlangan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring