Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Menga yonganing kerak» — Prezident 23 yoshli yigitga Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosarligini taklif qildi (video)

«Menga yonganing kerak» — Prezident 23 yoshli yigitga Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosarligini taklif qildi (video)

Kadr: «O‘zbekiston24» telekanali

Shu yilning 29-iyun kuni Olmazor tumanida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Vestminster universiteti 3-kurs talabasiga Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimini taklif qildi.

Yig‘ilishda o‘zini 23 yoshli yosh tadbirkor va Toshkentdagi Vestminster universiteti 3-kurs talabasi Saidakbarxon deya tanishtirgan yigit Prezidentga o‘z taklifini bayon etdi. Uning taklifi turizmni rivojlantirish uchun sayyohlar bilan bevosita ishlaydigan odamlar, mehmonxona, kafelar hamda taksi xizmatini ko‘rsatuvchilar uchun ularning malakasini oshiruvchi va servis xizmatini ko‘rsatuvchi markaz tashkil etish haqida bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Prezident unga Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosarligini taklif etdi. «Bitirishingni ham kutmasdan Turizmga «zamministr» qilib olay hozir. Senga o‘xshagan odam kerak menga. Bitta narsani bil: yonganing kerak menga, yonganing», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring