Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metroda Wi-Fi qachon ishlay boshlaydi?

Metroda Wi-Fi qachon ishlay boshlaydi?

Foto: «Afisha.uz»

Toshkent metropolitenining «Paxtakor» va «Alisher Navoiy» bekatlarida Wi-Fi xizmati sinov tariqasida ishga tushirilgani haqida xabar berilgan edi.

«Xabar.uz» portali muxbiri «Alisher Navoiy» metro bekatida Wi-Fi tizimi ishini tekshirib ko‘rdi. Quyidagi skrinshotlardan ko‘rishingiz mumkinki, bekatda Wi-Fi yoqilgan va tarmoq tezligi 43 Mb/soniyani tashkil etgan:

Skrin: «Xabar.uz»

Hozircha metrodagi internet tashqi saytlarga ulana olmaydi. Shu yilning 1 sentyabriga qadar yo‘lovchilar simsiz tarmoq orqali faqat metropoliten resurslari bilan tanishishlari mumkin. Bu resurslar o‘z ichiga kitoblar, musiqalar va foydali axborotlarni qamrab olgan.

Kelgusida boshqa manbalardan foydalanish imkoniyati ham yaratiladi. O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari haqida ma’lumot beruvchi elektron gidlar joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring