Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB direktori xalqaro kongressda ishtirok etdi

MIB direktori xalqaro kongressda ishtirok etdi

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori B.Qudratxo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Tailand Qirolligining Bangkok shahrida o‘tkazilgan Sud ijrochilari xalqaro ittifoqining navbatdagi Kongressida ishtirok etdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Kongressda 90 ta davlatning 350 tadan ortiq majburiy ijro organlari vakillari, Jahon banki, Yevropa komissiyasi, Yevropa huquq instituti, xususiy huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasi va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Kongressda majburiy ijro sohasidagi ilg‘or tajribalar va dolzarb muammolar, shu jumladan zamonaviy AKTni joriy etish, majburiy ijro tizimini samarali boshqarish, bankrotlik tartib-taomillari masalalari, shuningdek, Hujjatlar bilan ishlash (tan olish) to‘g‘risidagi Gaaga konvensiyasini qo‘llash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Kongress davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Byuro faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasida majburiy ijro sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan taqdimot qildi.

Xorijiy davlatlarning majburiy ijro organlari bilan ikki tomonlama idoralararo aloqalarni yo‘lga qo‘yish sud qarorlarini ijro etishda o‘zaro huquqiy yordam mexanizmlarini shakllantirishga, shu jumladan, xorij davlatlari hududidagi qarzdorlar hamda ularning mol-mulklarini va daromad manbalarini qidirib topish mexanizmlarini qo‘llashga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring