Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB Toshkentdagi «Avtosanoat» MChJga katta miqdordagi qarzdorlikni undirib berdi

MIB Toshkentdagi «Avtosanoat» MChJga katta miqdordagi qarzdorlikni undirib berdi

Foto: Majburiy ijro byurosi

«Avtosanoat agrotexservis» MChJ tomonidan 2018-yil 10-yanvar kuni «Jizzaxdonmahsulotlari» AJdan 296 014 606,14 so‘m miqdorida va «Zarbdor elevatori» AJdan 108 320 692 so‘m miqdorida korxona foydasiga debitor haqdorlikni undirish bo‘yicha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining tegishli qarorlari qabul qilingan edi

Lekin sud qarorlari ijroga qaratilgan bo‘lsa-da, qarzdorlar 7 oydan buyon mablag‘ to‘lab bermayotgani sababli mazkur MChJ Majburiy ijro byurosiga ariza bilan murojaat qilgan.

2018-yil 20-fevral kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Zarbdor tumani bo‘limi tomonidan «Zarbdor elevatori» AJdagi 108 320 692 so‘mlik haqdorlik undirib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring