Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Millatlar bahsi: kim zo‘r?

Millatlar bahsi: kim zo‘r?

Foto: reeftour.ru

Milliy madaniyat bilan g‘ururlanishning ham chek-chegarasi bormi? «Pew» ijtimoiy tadqiqotlar markazi aniqlashicha, masalan, Sharqiy Yevropa, Bolqon va Kavkaz xalqlarida «milliy g‘urur» shu darajadaki, hatto ular boshqalarni nazariga ham ilishmaydi...

G‘arbda esa vaziyat boshqacha: faqat har beshinchi ispangina o‘z milliy madaniyati boshqalarnikidan ustunligiga ishonadi. Belgiya va Estoniyada bunday fikrlovchilar 23 foiz, Shvetsiyada 26 foiz.

Yevropadagi «eng madaniyatli millat» yunonlar ekan — buni boshqalar emas, Gretsiyada yashovchi 89 foiz aholi ta’kidlagan... Keyingi o‘rinlarda: Gruziya (85 foiz), Armaniston (84 foiz), Bolgariya va Rossiya (69 foizdan), Ruminiya (66 foiz).

Bu g‘alati paradoksni Niderlandiyadagi Tilburg universiteti ijtimoiy fanlar professori Tim Riskens shunday izohladi:

«Fikrlar tafovuti iqtisodiy sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shunga o‘xshash ayrim tadqiqotlarda ham iqtisodiy qiyinchiliklar davrida bir jamiyat a’zolari o‘rtasida jipslik kuchayishi va ularda boshqa jamiyatlardan ajralib turishga moyillik kuzatilishi aniqlangan. Biroq boshqa bir tadqiqotlar ham borki, ularda turli mamlakatlarda yashovchilar o‘rtasidagi bir-birinchi yoqtirmaslikka nomoddiy omillar — kuchlarning «halol» taqsimlanmagani, tildagi farq boshqalar vaj qilib ko‘rsatiladi».

«Pew» so‘rovnomasi 34 mamlakatni qamrab oldi. O‘rtaga birgina fikr tashlanib, bunga qo‘shilish-qo‘shilmaslik so‘raldi: «Ideal emasmiz, ammo madaniyatimiz boshqa mamlakatlarnikidan ustun».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring