Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliarder Alisher Usmonov «Paxtakor» uchun investitsiya kiritmoqda

Milliarder Alisher Usmonov «Paxtakor» uchun investitsiya kiritmoqda

Foto: «Vesti.Ru»

Rossiyalik o‘zbek milliarderi Alisher Usmonov o‘tgan hafta «Arsenal» futbol jamoasidagi barcha ulushlarini sotib yuborgan edi.

«Xabar.uz» manbasining xabar berishicha, Usmonov Toshkentning «Paxtakor» klubini rivojlanitirish hamda klub  stadionini qaytadan qurish uchun 100 mln. dollardan ortiq beg‘araz investitsiya kiritmoqda.

Alisher Usmanov beg‘araz mablag‘larini iqtisodiyotimizning turli sohalariga kiritib kelgan. Xususan, Olmaliq tog‘ metallurgiya kombinati, Toshkent metall zavodi, Bekobod zavodlariga o‘z sarmoyalarini kiritib, chet eldan mutaxassislar jalb qilgan. Toshkent shahridagi Islom madaniyati markazi hamda Samarqanddagi Imom al-Buxoriy xalqaro markazlari qurilishiga katta miqdorda sarmoya kiritgan.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring