Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy aviakompaniyadan bo‘shatilgan Ulug‘bek Ro‘ziqulov yangi ishga o‘tdi

Milliy aviakompaniyadan bo‘shatilgan Ulug‘bek Ro‘ziqulov yangi ishga o‘tdi

O‘z vaqtida «O‘zavtosanoat» va «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasida faoliyat ko‘rsatgan Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘zbekistonning Indoneziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berilgan.

U. Ro‘ziqulov kecha, 19-aprel kuni Jakartaga uchib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Ro‘ziqulov Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyatida sodir bo‘lgan, 50 o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan mudhish voqeadan so‘ng milliy aviakompaniya rahbarlarligidan chetlatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring