Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy internet tanlovi g‘oliblari aniqlandi. G‘oliblar safida «Xabar.uz» dasturiy ta’minoti yaratuvchisi ham bor!

Milliy internet tanlovi g‘oliblari aniqlandi. G‘oliblar safida «Xabar.uz» dasturiy ta’minoti yaratuvchisi ham bor!

2017 yilgi Milliy internet tanlovi g‘oliblari.

Foto: «Facebook» / Qahramon Quronboyev -— Kahramon Kuranbaev

Shu yilning 27-noyabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi «Yoshlar press-klubi»da «Milliy internet tanlovi» g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, g‘oliblar safida «Xabar.uz» dasturiy ta’minoti yaratuvchisi Shavkatilla Xamidjonov ham bor!

«Milliy internet tanlovi» globallashuv sharoitida yoshlarni axborot xurujlaridan himoyalash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish hamda yurtimizdagi islohotlarni internet tarmog‘ida keng yoritishda yoshlar ishtirokini ta’minlashga qaratilgan yirik media loyiha hisoblanadi.

Tanlovga jami 405 anketa kelib tushdi. Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, quyidagilar tanlovning 11 nominatsiyasi g‘oliblari bo‘lishdi.

  1. Madaniyat va san’at sohasidagi eng yaxshi sayt — www.boqiybuxoro.uz (Rustam Ramazonov).
  2. Turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi sayt — www.GoTrip.uz.uz (Sardor Sharapov).
  3. Eng yaxshi yangiliklar sayti — www.kun.uz (Ma’rufjon Asqarov).
  4. Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt — www.mahallakengashi.uz (Javlon Mannopov).
  5. Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt — www.askdoctor.uz (Islombek Ibroximov).
  6. Elektron kitoblar uchun yaratilgan eng yaxshi sayt — www.e-hilolnashr.uz (Bunyod Po‘latov).
  7. Zamonaviy fan va ta’lim sohasidagi eng yaxshi sayt — www.mylab.uz (Shodlik Babajonov).
  8. Elektron tijorat sohasidagi eng yaxshi sayt — www.kitoblardunyosi.uz (Ibrohim Malikov).
  9. Ko‘p tilda yaratilgan eng yaxshi sayt — www.ilmiy-lugat.uz (Anvar Usmanov).
  10. Eng yaxshi blog — www.qaraqalpaqstan.blogspot.com (Baurjan Botabayev).
  11. Eng foydali mobil ilova — Ruscha-O‘zbekcha lug‘at (Shavkatilla Xamidjonov).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring