Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moldova va Ruminiya birlashadimi? Tarafdorlar miting boshladi

Moldova va Ruminiya birlashadimi? Tarafdorlar miting boshladi

Foto: «Rambler/novosti»

Bugun, 25-mart kuni Moldova poytaxti Kishinyov shahridagi hukumat binosi oldida Moldovaning Ruminiya bilan birlashishidan manfaatdor 7000 nafar tarafdor namoyishga chiqdi. Bu haqda «RIA Novosti» agentligi Moldova ichki ishlar vazirligining bosh isnpektorligi boshlig‘i Aleksandr Pinzarga asoslanib xabar bermoqda.

Namoyish tashkilotchisi Ruminiya-Moldova birlashuvi tarafdori bo‘lgan «Actiunea — 2012» («Harakat 2012») moldova fuqarolik platformasidir. Ular mitinglarda 100 ming nafarga yaqin kishi qatnashishini ma’lum qilganlar. Ularning yagona istagi ikki mamlakatni birlashtirish.

Namoyish qatnashchilari orasida Ruminiyaning sobiq prezidenti Trayan Beseku, Kishinyov sobiq meri Dorin Kirtoake, Moldova liberal partiyasi rahbari Mixalil Gimpu, prezidentlik uchun talabgor bo‘lgan «Birlik va birdamlik» partiyasi rahbari Maya Sandu va bir qator aholi punktlari merlari bor.

«Biz ikki davlat parlamentlaridan yana bir bor birlashish uchun ovoz berishlarini so‘raymiz... Moldova Ruminiyaning bir qismi, moldovanlar — bular ruminiyaliklardir. Biz faqat bitta narsani, ya’ni birlashishni istaymiz», dedi Ruminiya sobiq prezidenti Besesku.

Ma’lumot uchun, bu yil Bessarabia (zamonaviy Moldova)ning Ruminiya bilan birlashuviga 100 yil to‘ladi. 1918-yilda Ruminiya qo‘shni Bessarabia hududiga qo‘shinlarini olib kiradi. Kishinyovda tashkil etilgan O‘lka kengashi qo‘shni davlat bilan birlashish haqida qaror qabul qiladi. 1940-yilda Moldova Ruminiya tarkibidan ajralib chiqqan.

Moldova prezidenti Igor Dodon agarda birlashuv tarafdorlari 25-27-mart kunlari ko‘p sonli mitinglar o‘tkazishni reja qilayotgan bo‘lsalar, vaziyat nazoratdan chiqib ketishi mumkinligini va u Moldova davlatchiligini saqlab qolish maqsadida «Milliy front» tuzishini ma’lum qilgan.

Mamlakatda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisining ko‘pchilik qismi Ruminiya bilan birlashishga qarshi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring