Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva shahrida qadimiy o‘yinchoq topildi

Moskva shahrida qadimiy o‘yinchoq topildi

Foto:«Aif.ru»

Arxeologlar Moskva shahri markazida qurilish ishlari davom etayotgan maydonda qadimiy bolalar o‘yinchog‘ini topib olishdi, deya xabar beradi «Aif.ru» sayti.

Madaniy meros obyektlari departamenti boshlig‘i Aleksey Yemelyanovning aytishicha, chinni otcha kecha arxeologik qazilmalar paytida topilgan.

O‘yinchoq otchaning ko‘z, yol, tuyoq va boshqa a’zolari ehtiyotkorlik bilan chizib olindi.

Mutaxassislarning fikricha, bu o‘yinchoq XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida yasalgan bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda arxeologlar o‘yinchoqni o‘rganishyapti.

Shu yil boshidan beri arxeologlar o‘nga yaqin o‘yinchoq topishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring