Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Motivatsiya uyg‘otadigan bitta fakt. Navbatdagi «El-Klasiko» nimasi bilan qiziqarli bo‘ldi?

Motivatsiya uyg‘otadigan bitta fakt. Navbatdagi «El-Klasiko» nimasi bilan qiziqarli bo‘ldi?

Foto: «sports.ru»

Chempionlikka erishib bo‘lgan «Barselona», chempionatni chetga surib qo‘yib, YChLga e’tiborini qaratgan «Real». Butun dunyo orziqib kutadigan «El-Klasiko» bu safar turnir nuqtai nazaridan shunday intrigasiz boshlandi.

Jamoalarda motivatsiya uyg‘otadigan balki bitta fakt bor edi – «Barselona»ning La Ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasi. Kataloniyaliklar bir vaqtlar «Arsenal» ko‘rsatgan natijani – mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlash rekordini takrorlashga urinishi aniq. Oldinda sanoqli o‘yinlar qoldi. «Real»da esa eng asosiy raqibini shunday zafarli yurishdan to‘xtatib qolish imkoni yuzaga kelgandi.

Uchrashuvni jamoalar xotirjam boshlashdi. Jiddiy asabiy to‘qnashuvlarsiz o‘tgan ilk daqiqalarda maydon egalari tezkor gol kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. Tezkor qarshi hujumni Suares ajoyib tarzda mantiqiy yakuniga yetkazdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, «Real» raqibinikidan qolishmaydigan chiroyli kombinatsiya uyushtirdi va Ronaldu hisobni tenglashtirdi.

Muxlislar chiroyli o‘yin guvohi bo‘lishga shaylanib turgan bir vaqtda uchrashuv bosh hakami Ernandes katta sahnaga chiqa boshladi. Maydonda follarni baholashda xatolarga yo‘l qo‘ya boshladi va bu holat futbolchilarning asabiylashishiga olib keldi. Bir nechta sariq kartochkalar va bo‘lim oxirlarida «Barselona» himoyachisiga kutilmaganda qizil kartochka ko‘rsatib maydondan chiqarib yubordi.

Birinchi bo‘limda yo‘l qo‘ygan xatolaridan o‘zini aybdor his qila boshladi chog‘i, hakam ikkinchi taymda endi teskari tomonga nisbatan ko‘proq xato qila boshladi.

O‘yin shu tarzda asabiy o‘tgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda kiritilgan gollar uchrashuv bezagiga aylandi. Avvaliga Messi o‘z mahoratini namoyish etib, stadionni larzaga keltirgan bo‘lsa, keyin Beyl juda chiroyli gol kiritdi. O‘yin shunday jangovor durang bilan yakuniga yetdi.

Bir jihatdan bu ikki jamoani ham qoniqtirdi – «Barselona» mag‘lubiyatsiz seriyani ushlab qolgan bo‘lsa, Qirollik klubi «Kamp Nou»dan yutqazmasdan qaytdi. Darvoqe, bu borada Zayniddin Zidanning ham o‘ziga xos seriyasi bor: u «Real»ni qabul qilib olganidan buyon «Kamp Nou»da mag‘lub bo‘lmayapti.

Barselona – Real Madrid – 2:2

Gollar: 1:0 – 10 Suares, 1:1 – 14 Ronaldu, 2:1 – 52 Messi, 2:2 – 72 Beyl.

Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Pike, Alba, Koutino (Nelson Semedu, 46), Serji Roberto, Buskets, Rakitich, Inesta (Paulino, 58), Messi, Suares (Pako Alkaser, 90).

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Nacho (Vaskes, 68), Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Kovachich, 84), Beyl, Ronaldu (Asensio, 46), Benzema.

Ogohlantirishlar: Nacho (12), Varan (31), Suares (44), Ramos (44), Messi (45), Beyl (76), Marselo (77), Rakitich (85).

Chetlatish: Serji Roberto (45).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring