Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mo‘ynoqda 26 milliard so‘mlik suv tarmog‘i bor, lekin suv yo‘q

Mo‘ynoqda 26 milliard so‘mlik suv tarmog‘i bor, lekin suv yo‘q

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahrida aholi suv taqchilligi va chidab bo‘lmas darajadagi issiqdan aziyat chekmoqda. Bu haqda «Uz24.uz» xabar berdi.

«Uch haftadan beri suv yo‘q, suv tarmog‘i to‘g‘risida esa unutib ham qo‘ydik! Xo‘jaligimizning ahvoli nima kechishini bilmaymiz ham, endi qanday yashaymiz ekan!» – deydi mahalliy fuqarolardan biri.

Qurg‘oqchilik sabab odamlar yer ustidagi quvurlarda suv yig‘ishga majbur bo‘lishmoqda, u yerda ham suv doim oqavermaydi. Shunday qilib, mahalliy aholi mushkul ahvolda qolgan oilasini, jonivorlarni, ekinlarini suv bilan to‘yintirish uchun bochkalarga suv to‘plamoqda. Ko‘pincha bu ishni bolalar bajarmoqda, chunki aholining aytishicha, yoshlar issiqni kattalardan ko‘ra osonroq yengarmish.

«Suv ketmoqda, baliqlar ham halok bo‘lmoqda» — deydi shu yerlik baliqchi. — Umid qilamanki, yaqin orada bu qiyinchiliklardan xalos bo‘lamiz, chunki boshqa shaharga ko‘chib ketishimiz zarurligini anglab yetmoqdamiz».

Eslatib o‘tamiz, bundan roppa-rosa bir yil avval Mo‘ynoqqa ichimlik suvi tarmog‘i o‘tkazilgan edi. Prezidentning maxsus qarori qabul qilinib, loyihani amalga oshirishga 26,6 milliard so‘m yo‘naltirilgan. Loyihaga ko‘ra, har kuni 7 ming kubometr toza ichimlik suvi yetkazilib, 25 ming nafardan ortiq aholi suv bilan ta’minlanishi kerak edi.

Ammo ayni paytda hududda suv yo‘q. Suv tarmog‘ining ochilishidan ikki kun o‘tib, odamlarga nasos buzilganligi haqida, suv bilan ta’minlanish vaqtincha amalga oshirilmasligini aytishdi, bu «vaqtincha» esa shu kungacha davom etmoqda.

«Bizga Mo‘ynoqqa tekshirish uchun komissiya kelsa, hammasi yaxshi bo‘ladi: suv havzalari to‘la, gaz va elektroenergiya yonib turadi, hech kim nolishga botinolmaydi. Ko‘pchilik komissiya ketganidan so‘ng hammasi eskichasiga bo‘lishini aytishga qo‘rqadi. Nima qilishni ham bilmay qoldik. OAVning yordamiga umid qilishdan o‘zga choramiz qolmadi», — xabar beradi Mo‘ynoqda yashovchi ayol.

Maqolada aytilishicha, mazkur materialni tayyorlash davomida «UZ24» Mo‘ynoqdagi suv tarmog‘ining holati bo‘yicha ma’lumot olish maqsadida bir nech bor Uy-joy kommunal xo‘jalik vazirligining Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv ob’yektlaridan foydalanish bo‘limi bilan bog‘lanishga urigan, biroq hozircha ulardan javob olishning imkoni bo‘lmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring