Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan zikr tushganlar videosi «Munosabat»da muhokama qilindi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan zikr tushganlar videosi «Munosabat»da muhokama qilindi (video)

«O‘zbekiston» telekanali kadridan skrinshot.

Bundan bir necha kun oldin «Facebook»dagi guruhlar va «Telegram»dagi kanallarda tarqalgan, bir guruh erkaklar va ayollarning jazavaga tushayotgani aks etgan video jamoatchilik o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Videolavhada erkaklar boshqa, ayollar boshqa davralarda aylana shaklida o‘tirib olgancha baland ovozda zikr tushib (ayollar childirma chalib), boshlarini uzluksiz silkitayotganini ko‘rish mumkin.

Ramazon oyi oxirlarida tarqalgan ushbu lavhalarda aks etgan mazkur marosim Islom dinida qanday talqin qilinadi? «Munosabat» ko‘rsatuvida mazkur video muhokama qilindi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, O‘zbekiston islom instituti rektori Uyg‘un G‘afurov va boshqalar ko‘rsatuvda qatnashib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring