Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muqaddam sudlangan shaxsning uyidan giyohvandlik moddasi topildi

Muqaddam sudlangan shaxsning uyidan giyohvandlik moddasi topildi

Toshkent shahar Shayxontohur tuman ichki ishlar boshqarmasining xabariga ko‘ra, 23-yanvar kuni jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida muqaddam 2012-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 3-qismi «A» bandi bilan sudlangan, hozirda biron ishning boshini tutmagan shu xonadonda yashovchi N.R.ning uyidan 3 dona 20 ml. grammli shpritsda 1,04 gramm opiy eritmasi saqlanayotgani aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 2761-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring