Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan shahridagi uyda gaz balloni portladi. Jabrlanganlar bor

Namangan shahridagi uyda gaz balloni portladi. Jabrlanganlar bor

Foto: «Darakchi.uz»

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati o‘tgan hafta respublikada sodir bo‘lgan yong‘inlar haqida ma’lumot berdi.

Xabarga ko‘ra, 22-yanvar kuni Xorazm viloyati Xazorasp tumanida yashovchi fuqaro D.A.ning uyida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 40 kv. m. maydonda tomi, shift qismi va garajidagi «Neksiya» va «Damas» rusumli avtomobillari yonib zararlangan. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong‘in sababi aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Shuningdek, 27-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida yashovchi J.A.ning uyidagi isitish pechi mo‘risining nosozligi natijasida yong‘in kelib chiqib, uyning 80 kv. m. maydonda tomi, shifti qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

28-yanvar kuni Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi fuqaro J.I.ning kelini oshxonaga kirib, elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida xonaga to‘plangan gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Chaqnash natijasida uyning 65 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan hamda uy egasi J.I., turmush o‘rtog‘i M.A. va kelini M.I. kuyish tan jarohati olishib, shifoxonaga yotqizilganlar. Xonaga gaz plitasiga o‘rnatilgan propan gaz balloniga shlang ulangan joyidan gaz sizib chiqishi gaz to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring