Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda bug‘doy o‘rayotgan kombayn yonib ketdi

Namanganda bug‘doy o‘rayotgan kombayn yonib ketdi

Illyustrativ surat

Foto: «Machines4u.com.au»

Kecha, 27-iyun kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida «Uychi Sohibkor» agrofirmasi hududidagi «Muhammadmuso Boltaboyev» fermer xo‘jaligi g‘alla maydonida o‘rim ishlarini olib borayotgan «CASE-2366» rusumli g‘alla o‘rish kombaynida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida kombaynning motor otseki va haydovchi kabinasi qisman yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring