Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda navbatsiz hajga yuboraman deb 76 million so‘m pora olgan mahalla raisi qo‘lga tushdi

Namanganda navbatsiz hajga yuboraman deb 76 million so‘m pora olgan mahalla raisi qo‘lga tushdi

Foto: «Religions.uz»

«Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi uch nafar mehnat faxriysi muqaddas haj ibodatiga pora berib bormoqchi bo‘ldi», — deb yozmoqda O‘zA.

Ma’lum bo‘lishicha, qisqa muddat tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida rais lavozimida ishlagan 34 yoshli K.M ismli shaxs mehnat faxriylariga «Sizlarni navbatsiz hajga yuboraman, poytaxtdagi yuqori idoralarda ishonchli odamim bor», deb va’da berib, ulardan 76 million so‘m miqdoridagi pulni oladi. Bu, albatta o‘zining «xolis xizmati»dan tashqari, ya’ni bankka to‘lanadigan mablag‘ edi.

«Uddaburon» rais har biri 22 million 690 ming so‘m pulni Milliy bankning tuman filialiga topshirgani to‘g‘risida qalbaki hujjatlar tayyorlab, ularning qo‘liga tutqazadi.

Ko‘p o‘tmay K.N.ning katta miqdordagi mablag‘ni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgani fosh bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring