Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda YPX inspektori qo‘lga tushdi

Namanganda YPX inspektori qo‘lga tushdi

Foto:«Xabar.uz»

Namangan viloyati IIB YXXB YPX inspektori A.R.ga qo‘lga tushdi. U avtomashinasini sug‘urta polisisiz boshqarib ketayotgan R.S.ni «ushlab», unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga  pul talab qilgan. Inspektor kelishilgan pulni (ikki yuz yetmish ming so‘m) bevosita o‘zi emas, fuqaro A. O. orqali olayotgan paytda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlanadi.

Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori A.R.ga nisbatan JKning 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring