Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi «Huquqiy axborot» tadbiri raqam va fotolarda

Namangandagi «Huquqiy axborot» tadbiri raqam va fotolarda

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida «Obod qishloq» dasturi doirasida ish olib borayotgan respublika ishchi guruhi tomonidan 2018-yil 14-avgust kuni Mustaqillik maydonida (tuman hokimligi atrofi) viloyat miqyosida «Huquqiy axborot» tadbiri tashkil etildi. Bu haqda bizga Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Davlat xizmatlari agentligining Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan tadbir uchun ajratilgan maydonchaga joriy etilgan davlat xizmatlariga oid pannolar o‘rnatilib, tarqatma materiallar (flayer, buklet) joylashtirildi, davlat  xizmatlari haqidagi videoroliklar namoyish etildi.

Tadbir  davomida markaz tomonidan 102 ta amaliyot bajarildi:

  • 56 nafar murojaat etuvchining markaz faoliyatiga oid savollariga  javob va maslahatlar berildi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 21-iyundagi qarori asosida o‘zlari yashab turgan turarjoylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha  18 ta ariza markaz tomonidan qabul qilindi va tegishli tartibda Yangiqo‘rg‘on tumani Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga «E-IJRO» elektron tizimi orqali  yuborildi;
  • 8 nafar fuqaroning tadbirkorlikni boshlash va ro‘yxatdan o‘tishga oid masalalari o‘rganilib, 5 nafariga ro‘yxatdan o‘tish tartibi  tushuntirildi, 3 nafari tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi;
  • 6 nafar murojaat etuvchiga elektron raqamli imzo kaliti berildi;
  • 9 nafar fuqaroning farzandlariga maktabgacha ta’lim muassasalariga yo‘llanma rasmiylashtirildi;
  • 4 nafar fuqaroga jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga  hisobga olish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatildi;
  • 1 ta nikoh qayd etildi;
  • 1 nafar fuqaroning farzandiga tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi.

Shuningdek davlat xizmatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berilib, «Sayyor davlat xizmatlari» ko‘rsatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring