Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«NASA» rahbari iste’foga chiqadi

«NASA» rahbari iste’foga chiqadi

Foto: Flickr / JD Hancock

Amerikaning aerokosmik agentligi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Robert Laytfut 30-aprel kuni egallab turgan lavozimini tark etadi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

— Men joriy yilning 30-aprelida iste’foga ketishimni ma’lum qilaman. Boshqaruvni yangi rahbarga topshirish jarayonining ortiqcha qiyinchiliklarsiz o‘tishi uchun Oq uy ma’muriyati bilan hamkorlik qilsam kerak, — deydi Robert Laytfut. U iste’foga ketishi sababini ma’lum qilmagan.

O‘tgan yilning sentyabr oyida Tramp «NASA» rahbarligiga AQSh vakillar palatasi a’zosi, sobiq harbiy-dengiz aviatsiyasi uchuvchisi Jim Braydenshtayn nomzodini taklif qilgan edi. Biroq Senatdagi demokratlar ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashmadi. Bu esa AQSh tarixida «NASA»ning eng uzoq vaqt rahbarsiz qolishiga olib keldi.

«NASA»ning ma’lum qilishicha, agar R.Laytfut iste’foga ketgunga qadar Senat yangi rahbar nomzodini ma’qullamasa, unda yangi tayinlov masalasi Oq uy tomonidan ilgari suriladi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring