Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda «Huquqshunoslar klubi» tashkil etildi

Navoiyda «Huquqshunoslar klubi» tashkil etildi

Foto: «Xabar.uz»

Adliya vazirligining Yuristlar malakasini oshirish markazining malakali professor o‘qituvchilari ishtirokida Navoiy viloyatidagi 60 dan ortiq davlat tashkilot va idoralari yuridik xizmat xodimlari uchun ikki haftalik sayyor o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Shu bilan birga, yurtimizda birinchi marta Navoiy viloyati yuridik xizmat xodimlarining «Huquqshunoslar klubi»ni  tashkil etish yuzasidan taklif ma’qullanib, klub faoliyatiga start berildi.

Klub faoliyatining asosiy maqsadi «Ustoz-shogird» an’anasi asosida yosh huquqshunoslarga o‘z hayotiy tajribasi va «huquqshunos tili» doirasida muomala madaniyati va ko‘nikmalarini shakllanatirishdan iboratdir.

O‘quv-mashg‘ulotlar yakunida 60 nafar klub a’zolariga Adliya vazirligining maxsus sertifikatlari topshirildi. Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari orasida o‘tkazilgan «Yilning eng yaxshi viloyat yuridik xizmati xodimi» hamda «Yilning eng yaxshi tuman yuridik xizmati xodimi» tanlovi g‘oliblari Faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring