Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda «Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi» ish boshladi

Navoiyda «Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi» ish boshladi

Foto: «Xabar.uz»

Navoiy shahridagi «Yoshlar markazi»da «Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Navoiy shahrida barchaga namuna bo‘la oladigan oila sohiblari so‘zga chiqishib, o‘zlarining baxt formulalarini yoshlarga ulashdi. Shuningdek, maktabga qabul qilingan ilk 30 nafar bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Kunning ikkinchi qismida «Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi»ning 15 nafar juftligi uchun dars mashg‘ulotlari mutaxassis o‘qituvchilar tomonidan boshlab yuborildi. 19 soat davomida tahsil oladigan bo‘lajak kelin-kuyovlar uchun «Yoshlarni oilaga tayyorlash» kurslari tashkil etilgan. Unda oila qurish arafasidagi yoshlarning psixologik, pedagogik, huquqiy va diniy bilimlarini oshirish asosiy maqsad etib belgilangan.

Yoshlarga oilaviy hayotda uchraydigan muammolar hamda ularni oqilona bartaraf etish yo‘llari haqida tavsiyalar berish maktabning maqsadi hisoblanadi.

Darslarda doimiy qatnashib, o‘zlarining faolliklarini ko‘rsata olgan barcha juftliklarga, bitiruv so‘ngida maxsus sertifaktlar beriladi hamda ular oila qurganlaridan keyin 5 yil davomida tahsil bergan ustozlarining nazoratida bo‘lishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring