Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva vafot etdi

Navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva vafot etdi

Bugun, 1-sentabr kuni O‘zbekiston Qahramoni, taniqli navoiyshunos olima Suyima G‘aniyeva 86 yoshida vafot etdi, deb xabar qilmoqda «Sputnik» nashri.

Olima uzoq davom etgan kasallik tufayli olamdan o‘tganligi aytilmoqda.

Suyima G‘aniyeva 1992-yilda Beruniy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, shu yilning o‘zida «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan. 2008-yilda olimaga «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni topshirilgan.

Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Mumtoz filologiya kafedrasi professori Suyima G‘aniyevaga 2015-yil 25-avgust kuni O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov farmoni bilan O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan Oliy nishon - Oltin yulduz medali topshirilgan.

Xabar qilinishicha, Suyima G‘aniyeva bugun, 1-sentabr kuni «Chig‘atoy» qabristonida dafn etiladi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring