Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Harbiy xizmatchilar Navro‘zni yangi uyda kutib olishdi (foto)

Harbiy xizmatchilar Navro‘zni yangi uyda kutib olishdi (foto)

Foto: «O‘zA»

Qarshi shahrida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy xizmatchilari uchun bunyod etilgan 48 xonadonga mo‘ljallangan 4 qavatli uy foydalanishga topshirildi, deb xabar berdi «O‘zA».

Navro‘z bayramiga ushbu munosib sovg‘a «XXI asr» qurilish firmasi  mutaxassislari tomonidan hozirlandi.  Xonalari keng va yorug‘, zamon talablari asosida jihozlangan shinam turar-joylar ayniqsa bekalarga manzur bo‘ldi. Uy oldida tashkil etilgan bolalar maydonchasi kichkintoylarning jismonan baquvvat ulg‘ayishlariga xizmat qiladi.

Turar-joy binolarining ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar  mamlakatimiz Qurolli Kuchlari qudratini oshirish, harbiylar turmush sharoitini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarni e’tirof etdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring