Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyev lotinga asoslangan yangi qozoq alifbosini tasdiqladi

Nazarboyev lotinga asoslangan yangi qozoq alifbosini tasdiqladi

Hukumat  2025 yilga qadar davriy nashrlarni, hujjatlarni va ko‘chalar nomlarini lotinga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Foto: «news.tj»

«Qozoq alifbosini kirilldan lotin grafikasiga o‘tkazish to‘g‘risida»gi farmonga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida Nazarboyev tomonidan 19-fevral kuni imzolangan farmon Oqo‘rda saytida bugun e’lon qilindi, deya xabar beradi tnews.uz nashri.

Farmonda tavsiya qilingan lotin grafikasidagi harflar qozoq tilining muayan tovushlarini ko‘rsatish uchun uchun aks ettirilgan diakritik belgilari bo‘lgan harflardan foydalanishni nazarda tutadi. «Sh» va «Ch» tovushlari — Sh va Ch yozuv belgilarida aks ettirilishi ko‘zda tutilgan.

Nazarboyevning yangi farmoni e’lon qilingan kundan boshlab harakatga kiritiladi.

Bundan avval Nazarboyev tomonidan tasdiqlangan lotin yozuvidagi qozoq alifbosi muayyan tovushlarni belgilash uchun tutiq belgilaridan foydalanishni ko‘zda tutardi. Tutiq belgisi mavjud bo‘lgan alifbo qabul qilinganidan so‘ng hukumatga qozoq tili alifbosini lotin grafikasiga o‘tkazish bo‘yicha Milliy komissiya tuzish va qozoq  tili alifbosini «bosqichma bosqich» 2025 yilga qadar lotin grafikasiga o‘tkazishni ta’minlash topshirildi. Hukumat  2025-yilga qadar davriy nashrlarni, hujjatlarni va ko‘chalar nomlarini lotinga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Tutiq belgisidan foydalanishni ko‘zlovchi alifbo tasdiqlanganidan so‘ng mamlakatda uning asosida kitoblar nashr qilindi, ayrim davlat idoralaridagi rasmiy  peshlavhalar o‘zgartirildi.

Qozog‘istonda tutiqlar ishlatiladigan alifbodan avval –  digrafalar bo‘lgan alifbo taklif qilingan edi. Biroq har ikki alifbo jamoatchilik va bir qator filologlar tomonidan tanqid qilindi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring