Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyev o‘zining sharafiga nomlangan maktablarning alohida rolini ta’kidladi

Nazarboyev o‘zining sharafiga nomlangan maktablarning alohida rolini ta’kidladi

Foto: Sputnik

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Nazarboyev intellektual maktablari kengashining raisi Kulyash Shamshidinovani qabul qildi, deya xabar bermoqda «Sputnik» Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmatiga tayangan holda.

Uchrashuvda intellektual maktablarni rivojlantirish va ularning istiqboli muhokama qilindi. Prezident mamlakatdagi o‘rta ta’lim tizimida ushbu ta’lim muassasalarining alohida o‘rni borligini ta’kidladi.

«Ushbu maktablar hamma uchun namuna bo‘lishi kerak, yangi maktablarni ochishda ularning tajribasini hisobga olamiz. 2008 yildan beri «Intellektual maktablar»ni 5660 nafar o‘quvchi bitirgan, ularning barchasi uch tilda erkin so‘zlasha oladi. Biz butun jamiyatga Qozog‘istonda uch tilda o‘qish mumkinligini ko‘rsatdik», — dedi Nazarboyev.

O‘z navbatida, Shamshidinova prezidentga «Intellektual maktablar» professor-o‘qituvchilari tarkibini shakllantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchilar tarkibida 2800 kishi, shu jumladan 195 nafar chet ellik, 183 nafar «Bo‘lashak» xalqaro dasturi (prezidentning xalqaro ta’lim granti) bo‘yicha ta’lim olgan xorijiy oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari va Nazarboyev universitetining bitiruvchilari bor.

«Bugungi kunda professor-o‘qituvchilar tarkibida 4 ta fan doktori, 22 nafar fan nomzodi va 719 magistr mavjud», — dedi Shamshidinova.

Bundan tashqari u o‘quvchilar talabgorlarning qobiliyatini hisobga olgan holda, tanlov asosida jalb qilinayotganligi haqida gapirib berdi.

«Intellektual maktablar»ni yaratish loyihasi 2008 yilda Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan ishga tushirilgan edi. Ular ta’lim dasturlarining zamonaviy modellarini joriy qilish uchun eksperimental platformaga aylandi.

2011 yilgi qonunga binoan ular o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda tasdiqlash, kirish imtihonlariga qo‘yiladigan talablarni belgilash, akademik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish va yakuniy attestatsiyadan o‘tkazish huquqiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring