Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2018 ochilish o‘yiniga hakamlar tayinlandi

JCh-2018 ochilish o‘yiniga hakamlar tayinlandi

Foto: «Global Look Press»

FIFA Rossiya - Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi JCh-2018 ochilish o‘yini uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlarni e’lon qildi.

O‘yinning bosh hakami etib argentinalik Nestor Pitana tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Xuan Pablo Belatti va Ernan Maydana yordam berishadi. Zaxira hakami braziliyalik Sandro Richchi.

Video takrorlarni aniqlaydigan hakamlar: Massimiliano Irrati (Italiya), Mauro Ilyano (Argentina), Karlos Astrosa (Chili) va Daniele Orsato (Italiya).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring