Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nega xitoylik ayollar tug‘ishni istashmayapti?

Nega xitoylik ayollar tug‘ishni istashmayapti?

Foto: BBC

Xitoy aholisi, 1959–1961-yillardagi Buyuk ocharchilikdan beri, ilk marta qisqardi. Bu haqda tadqiqotchi Syuszyan Penning maqolasiga asoslanib VVS  xabar berdi.

Dunyoning 1/6 qismidan ko‘p aholisi Xitoyga to‘g‘ri keladi, so‘nggi 40 yilda mamlakat aholisi soni 600 milliondan 1,4 milliardgacha o‘sdi.

Xitoy milliy statistika byurosining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yilda mamlakat aholisi atigi 480 ming kishiga ko‘paydi. 10 yil oldin mamlakat aholisi soni har yili 8 millionga ko‘paygan.

Tug‘ilish darajasining sekinlashishi xitoylik oilalarda COVID-19 va qattiq karantin sharoitlarida bolali bo‘lish xohishi yo‘qligi bilan ham izohlanmoqda.

1980-yilarning oxirlarida Xitoyda tug‘ilish koeffitsiyenti (bir ayolga to‘g‘ri keladigan tug‘uruqlar) 2,6 ni tashkil etgan. 1994-yilda ko‘rsatkich 1,6–1,7 ga tushdi. 2020-yilda — 1,3, 2021-yilda — 1,15 ga pasaydi.

Solishtirish uchun: Avstraliya va AQShda tug‘ilish koeffitsiyenti — 1,6, Yaponiyada — 1,3.

Hukumatning «bir oilaga bir bola» siyosatidan voz kechishi ham Xitoydagi demografik inqirozga barham berolmadi. XXR hukumati o‘tgan yili «uch farzand» siyosatini, umumiy soliq va hokazo rag‘batlarni joriy etdi. Foydasiz...

Nega xitoylik ayollar tug‘ishni istashmayapti?

Turli nazariyalar ilgari surilmoqda. Ayrimlarida kichik oilalar urfga kirgani aytilsa, yana birlarida yashash qiymati oshib ketgani ta’kidlanadi.

Nikoh yoshining kattalashgani, bola tug‘ilishini kechiktirish va umuman olganda, farzandli bo‘lish istagining yo‘qligi muammo sabablaridan deguvchilar ham yo‘q emas.

Umuman olganda, Xitoyda bola tug‘ish yoshidagi ayollar soni tobora qisqarib  boryapti. 1980-yildan «bir oilaga — bir bola» siyosatining joriy etilishi oqibati shu bo‘ldiki, aksariyat oilalar o‘g‘il farzandni tanlashyapti. Har 100 qiz chaqaloqqa 106 nafar o‘g‘il chaqaloq to‘g‘ri kelmoqda.

Darvoqe, O‘zbekistonda tug‘ilayotgan o‘g‘il va qiz chaqaloqlar o‘rtasidagi nisbat bundan ham kattaroq. Misol uchun, 2021-yil fevral va 2022-yil yanvar oylari statistikalari orqali buni solishtirib ko‘rsa bo‘ladi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, 2021-yildan boshlab har yili Xitoy aholisi 1,1 foizga qisqarib boradi. Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi olimlari prognozlariga ko‘ra, 2100-yilda Xitoy aholisi 587 mln kishi qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring