Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Niderlandiyada «kuylaydigan yo‘l» qurilganidan 4 kun o‘tib buzib tashlandi (video)

Niderlandiyada «kuylaydigan yo‘l» qurilganidan 4 kun o‘tib buzib tashlandi (video)

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Niderlandiyaning Frislandiya provinsiyasi hukumati avtomobil yo‘liga o‘rnatilgan musiqiy qatlamni olib tashlashga majbur bo‘ldi. Bunga mahalliy aholining ommaviy noroziligi sabab bo‘lgan, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Frislandiya provinsiyasi hukumati Leuvardan shahri 2018-yilda Yevropa madaniyat poytaxti deya e’tirof etilganini o‘ziga xos tarzda nishonlashga qaror qilgan. Ular Yelsum qishlog‘idan o‘tuvchi avtomobil yo‘liga musiqiy qatlam yotqizib chiqqan. Agarda yo‘lda harakatlanayotgan avtomobil maxsus belgilar ustidan yursa, Frislandiya madhiyasi yangraydi. Bunda avtomobil tezligi soatiga 60 kilometrdan oshmasligi kerak.

Mahalliy hukumatning fikricha, bu haydovchilarga tezlik rejimiga rioya qilishga yordam berishi kerak, chunki madhiyani eshitish uchun tezlikni pasaytish lozim.

«Kuylaydigan yo‘l»ni qurishga 80 ming yevro sarflangan.

Gap shundagi agar mazkur uchastka bo‘ylab bir vaqtda bir nechta avtomobil harakatlangudek bo‘lsa, Frislandiya madhiyasi ruhiy qiynoqqa aylanadi.

Mahalliy aholi bu kabi shovqinni kechayu kunduz eshitishdan bezor bo‘lib, shikoyat bilan chiqqan. Natijada 4 kun ham xizmat qilmagan yo‘l qaytadan buzilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring